Giriş Tarihi: 08.04.2026 00:00

TURKIYA RESPUBLIKASI BOLVADIN1-FUQAROLIK ISHLARI BO'YICHA BIRINCHI INSTANSIYA SUDI (OILA SUDI SIFATIDA)

TURKIYA RESPUBLIKASI

BOLVADIN1-FUQAROLIK ISHLARI BO'YICHA BIRINCHI INSTANSIYA SUDI(OILA SUDI SIFATIDA)

ISH RAQAMI : 2025/88

JAVOBGAR : Yulduzkhon MIRZAEVA, Rohatalı va Matluba qizi, 30/07/1995
tug'ilgan, YKN: 987*****796

Sizga nisbatan da'vogar tomonidan qo'zg'atilgan Nikohning asosiy tamoyillari buzilganligi sababli ajralish, nizolarni hal gilish bilan ajralish to'g'risidagi ishni ko'rib chigish jarayonida; sud tomonidan da'vogar tomoni taqdim etgan javobga javob arizasi ish materiallarida ko'rsatilgan manzilingizga sud chagiruv gog'ozi bilan yuborilgan, biroq manzilingizdan chigib ketganingiz sababli xabarnoma topshirilmagan. Manzilni aniglash bo'yicha o'tkazilgan tekshiruv ham natija bermaganligi sababli da'vogar tomoni tomonidan taqdim etilgan javobga javob arizasini e'lon orqali yetkazish to'g'risida qaror qabul qilingan.

Da'vogar tomonning javobga javob arizasida guyidagilar bayon gilingan: "Mijozining chin dildan oila gurish maqsadida nikohdan o'tganini, nikohdan ko'p o'tmay alohida umumiy turar-joy tayyorlash niyati va sa'y-harakati bo'lgan paytda oila a'zolarining uyida yashab turganini, javobgar esa mijozining ushbu samimiy sa'y-harakatlari va niyatlarini amalga oshirish imkonini ham bermay, nikoh marosimidan uch kun o'tib umumiy turar-joyni tark etganini, nikohdan so'ng javobgarning asl niyati oila birligini barpo etish emasligi ma'lum bo'lganini, javobgarning yashash uchun ruxsatnoma olish bo'yicha arizasi gabul qilingandan keyin uning xatti-harakatlari birdaniga o'zgarganini, har narsadan ma'no chiqarib muammo va tortishuvlar keltirib chigarganini, javobgar Afyonkarahisar viloyatining Kocatepe qishlog'ida yashovchi hamda boshqa bir Turkiya fugarosi Kadir Karakazım bilan turmush qurgan Hurshide ismli ayol garindoshi bilan uchrashishi kerakligini aytib uni yoniga chaqirganini, qarindoshi bilan uchrashgandan so'ng sumkasidagi ayrim buyumlarini hamda nikoh sovg'asi sifatida olingan pullarning bir qismini unga berganini, shundan so'ng Bolvadin shahriga da'vogar bilan birga gaytgach hech qanday sababsiz janjal chigarganini, tomonlar nikohdan so'ng hech qanday birgalikdagi turmush kechirmaganini, javobgarning javob arizasida ko'rsatganidek mijozining jinsiy hayotga oid da'volari haqiqatga to'g'ri kelmasligini, mijozining bu borada hech qanday sog'lig muammosi yo'gligini, mijozining javobgar bilan hech qanday oilaviy hayot kechirmaganini, javobgar bunga hech qanday tarzda imkon bermaganini, qisqa vaqt ichida yashash uchun ruxsatnoma olish uchun ariza berganidan keyin uyni tark etishi ham aynan shu xatti-harakatining yaqqol ko'rsatkichi ekanini, javobgarning mijoz bilan umuman nikohiy hayot qurish niyati bo'lmaganini, javobgar umumiy turar-joyni tark etib qaytib kelmasligi bilan buni namoyon etganini, javobgarning umumiy turar-joydan chigib ketgani va qaytib kelmagani sababli aloga o'rnatib bo'lmaganini, mijozining javobgar o'zi bilan nikohdan o'tishidan oldin qisqa muddat boshqa shaxslar bilan diniy nikoh orqali birga yashaganini nikohdan keyin eshitganini, javobgar bular haqida mijoziga umuman ma'lumot bermaganini, javobgar nikoh majburiyatlarini bajarmay turmush o'rtog'ini istamasligini va zarur bo'lsa ajrashishini aytib umumiy turar-joyni tark etganini, javobgar nikohiy birlikka oid majburiyatlarini bajarmaganini hamda oilaviy yashash uchun ruxsatnoma olish maqsadida nikohdan o'tgani aniqlanganini, javobgar turmush o'rtog'i shu tarzda nikohiy birlikka ishonchni izdan chiqaruvchi xatti-harakatlar qilganini, shu sababli nikoh birligi asosidan izdan chiqqani sababli uni davom ettirish imkoniyati qolmaganini, tomonlarni nikohdan ajratish to'g'risida qaror chiqarilishini, mijoz foydasiga javobgardan 250 ming turk lirasi miqdorida ma'naviy zarar va 250 ming turk lirasi miqdorida moddiy zarar undirilishini hamda sud xarajatları va vakil haqini javobgar zimmasiga yuklash to'g'risida qaror chigarilishini" talab qilgan.

Fuqarolik protsessual kodeksining 136-moddasiga muvofig, da'vogar tomonning javobga javob arizasi sizga yetkazilgan kundan boshlab ikki haftalik qat'iy muddat ichida ikkinchi javob arizasi berishingiz mumkinligi haqida OGOHLANTIRILASIZ; ushbu e'lon da'vogar tomonning javobga javob arizasini yetkazilgan deb hisoblash o'rnida e'lon orqali yetkazilgan deb e'lon gilinadi.

#ilan.gov.tr Basın No: ILN02438042

ARKADAŞINA GÖNDER
TURKIYA RESPUBLIKASI BOLVADIN1-FUQAROLIK ISHLARI BO'YICHA BIRINCHI INSTANSIYA SUDI (OILA SUDI SIFATIDA)
* Birden fazla kişiye göndermek için, mail adresleri arasına “ ; ” koyunuz